Angliyaning sanoatlashgan shimolidan bo‘lgan boy fabrikachi Jon Tornton va janubdagi kamtar ruhoniyning a’lo darajada ta’lim olgan qizi Margaret Xeyl bir-birlarini ilk ko‘rishdanoq yomon ko‘rib qolishadi.
Margaret nazarida Jon kim? Bu dunyoda hamma narsani sotib olish va sotish mumkin deb hisoblaydigan johil boyvachcha. Jon uchun esa Margaret kim? O‘zi haqida haddan tashqari yuqori fikrda bo‘lgan, kiborlikka berilgan nozik qiz - ayniqsa otasining bir tiyini ham yo‘qligini hisobga olganda.
Ammo bekorga “nafratdan muhabbatgacha bir qadam” deyishmaydi. Aql-zakovati, iroda kuchi va fe’l-atvori jihatidan bir-biridan qolishmaydigan bu ikki yoshning qarama-qarshiligi asta-sekin sovuq munosabatni iliq tuyg‘uga aylantiradi. Shunday tuyg‘uki, uni na Margaret, na Jon hatto o‘zlariga ham tan olishga jur’at eta olishmaydi…

