Ushbu mahsulotimiz ofislar, ish xonalari, ta’lim muassasalari, uy ofislari va kompyuter oldida uzoq vaqt ishlanadigan joylar uchun mo‘ljallangan. Setkali ergonomik kreslo qulay o‘tirish, bel va orqa qismni qo‘llab-quvvatlash hamda ish jarayonida komfortni ta’minlaydi. Kreslo mustahkam metall asosga ega bo‘lib, uzoq muddat foydalanishga mos. Setkali materiali havo aylanishini ta’minlaydi, bu esa uzoq vaqt o‘tirganda ham qulaylik yaratadi. Aylanish mexanizmi va gazlift yordamida kresloni foydalanuvchiga moslab sozlash mumkin. Zamonaviy ko‘rinishi tufayli har qanday ofis interyeriga mos tushadi.
Texnik xususiyatlari:
Foydalanilishi: ofis va uy uchun
Materiali: setka
Asosi: metall
Gazlift: 2-klass
Qadoqdagi brutto og‘irligi: 8,7 kg

