Shunchaki o‘z biznesingizga yangicha nazar bilan qarang.
Agar siz oddiy sigirlar orasida binafsha rangini ko‘rib qolsangiz, uni uzoq vaqtga eslab qolasiz. Siz uni eslab qolasiz, u haqida hammaga aytib berasiz. Siz bunday moʻjiza haqida aytib bergan odamlaringiz, ehtimol o‘sha sigir hali ham siz aytgan yerda o‘tlab yuribdi, degan umid bilan siz ko‘rsatgan joyga borishadi.
Sizning mijozlarga taklifingiz ham shunday bo‘lishi kerak: nostandart, esda qolarli. Shunda siz haqingizda mish-mishlar butun dunyoga tarqalib ketadi. Va bu siz uchun mutlaqo tekinga tushadi.
Nima? Sizning mahsulotingiz juda oddiymi?
Siz uni kolleksioner sifatida chiqara olasizmi? Katta bozorlar emas, balki kichik bozorlar haqida o‘ylab ko‘rdingizmi? Siz o‘z sohangizda shunchaki «qabul qilinmagan» biror ishni qilishga harakat qilib ko‘rdingizmi?
Bu kitobda sizning taklifingizni noyob qilishning yuzlab aniq usullari jamlangan. Va bu usullarning barchasi ikkita paradoksga asoslangan.
-Xavfsiz - demak xavfli.
- Juda yaxshi - demak yomon.
Shunchaki o‘z biznesingizga yangicha nazar bilan qarang.

