• Yog'li, Oddiy Quruq, Burishayotgan, Sezgir
• Qora nuqtalarni yo'q qilish, Namlash , teshiklarni toraytirish, Elastiklikning oshishi, Yoritish, Teri yuzasini tekislash, Quyoshdan himoya qilish, Silliqlash.
• Tungi parvarish, Pigmentatsiyadan, Husunbuzardan(akne qarshi)
Yuzingizdagi dog‘lar, qora nuqtalar va notekis teri rangidan charchadingizmi? Unda siz uchun ideal yechim bu — Axis-Y Dark Spot Correcting Glow Serum (50 ml)! Koreyaning zamonaviy va ishonchli kosmetik brendlaridan biri bo‘lgan Axis-Y tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu zardob melanin to‘planishini kamaytirish, dog‘larni oqartirish va teri rangini yaxshilash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Mahsulot terini nafaqat parvarishlaydi, balki unga salomatlik va tabiiy yaltirash hadya etadi.
Zardob tarkibida asosiy faol moddalar sifatida Niacinamide (5%), papaya ekstrakti, oriyza (guruch) ekstrakti, va boshqa tabiiy komponentlar mavjud. Niacinamide teri rangini oqartiruvchi, dog‘larni kamaytiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va anti-aging ta’sir ko‘rsatuvchi komponent bo‘lib, u aynan qora dog‘lar, akne izlari, pigmentatsiyalar bilan kurashishda eng samarali vositalardan biridir.
Uning yordami bilan yuz terisi bir hil rangga kiradi, notekis joylar silliqlanadi, teri yangilanadi va tabiiy porlashga ega bo‘ladi.
Shuningdek, mahsulot tarkibidagi glitserin va sodium hyaluronate kabi kuchli namlovchilar terini chuqur namlantiradi, quruqlikni bartaraf etadi va silliqlik beradi. Bu esa terini faqat oqartiribgina qolmay, sog‘lom holatga keltiradi.
Axis-Y zardobi ayniqsa yog‘li, aknega moyil va muammoli teriga ega insonlar uchun mo‘ljallangan. Unda alkogol, sun’iy bo‘yoq, zararli kimyoviy moddalar yo‘q — bu esa uni sezuvchan teri uchun ham xavfsiz qiladi. Gipoallergen formula terini bezovta qilmasdan, asta-sekinlik bilan ta’sir qiladi.
Serumning yengil va tez so‘riladigan konsistensiyasi tufayli uni kunlik parvarishda bemalol qo‘llash mumkin. Ertalab va kechqurun tozalangan yuzga bir necha tomchi surtish kifoya. Doimiy foydalanishda terining holati ko‘zga ko‘rinadigan darajada yaxshilanadi — dog‘lar oqaradi, teri tiniqlashadi, yog‘ va pora muammolari kamayadi.
Axis-Y Dark Spot Correcting Glow Serum — bu nafaqat kosmetik vosita, balki teringizning salomatligi va tabiiy go‘zalligini tiklovchi samarali yordamchidir. Yumshoq, chiroyli va toza teri endi orzu emas — bu real natija!

