Gelli mat lab bo‘yog‘i uzoq saqlanadigan rang beradi va shu bilan birga lab terisini quritmaydi.
Formula tarkibidagi mikrosfera zarrachalari lab bo‘yog‘ining teksturasini yaxshilab, unga mat ko‘rinish va to‘yingan rang beradi.
Gelli formula tufayli lab bo‘yog‘i bir tekis surtiladi va lablarga yumshoqlik baxsh etadi.
Lab yuzasini tekislaydi hamda mayda kamchiliklarni yashiradi.
Monitor va displeylarda mahsulotning asl rangi biroz o‘zgarib ko‘rinishi mumkin.
Gelli mat lab bo‘yog‘i — mikrosferalarga asoslangan yangi gel texnologiyasi qo‘llanilgan ilk Mary Kay lab bo‘yog‘idir. Ushbu texnologiya lab terisini quritmasdan, to‘yingan va uzoq saqlanadigan rangga erishish imkonini beradi. Rang pigmentlariga boy formula lab konturini yanada aniq va ifodali ko‘rsatadi. Yengil gelli tekstura lablarga bir tekis surtilib, ularni yumshoq qiladi va kamchiliklarni yashirishga yordam beradi. Qopqoqdagi shaffof oynacha kerakli rangni oson ko‘rish va tanlash imkonini beradi.
Jozibali ranglardan birini tanlab, o‘z obrazingizni yanada chiroyli ta’kidlashingiz mumkin!
Betakror rang va oson surtish: ultra mayda pigmentlar lab bo‘yog‘iga nihoyatda tekis rang beradi. Ushbu mat lab bo‘yog‘ining asosini yarim shaffof gel tashkil etadi. U rangning to‘yinganligini va silliq surtilishini ta’minlaydi.
Yuqori chidamlilik: ultra mayda kremniy dioksidi qo‘llanilgan innovatsion Cushion Matrix texnologiyasi tufayli lab bo‘yog‘ining rangi uzoq vaqt saqlanadi.
Tekislovchi ta’sir: formula tarkibidagi yorug‘likni aks ettiruvchi zarrachalar lablardagi notekislik va mayda kamchiliklarni vizual ravishda tekislaydi.
Muloyim parvarish: lablarning nozik terisi namlikni tez yo‘qotishga moyil. Gelli mat lab bo‘yog‘i tarkibidagi kungaboqar yog‘i va jojoba yog‘i lab yuzasini namlashga yordam beradi.

