Ziraklar asosi mis aralashgan zargarlik qotishmasi, ustiga 18 karatli atirgul rang tilla yugurtirilgan. Metall yengil, shu bois uzoq taqilganda ham quloq yumshog'ini tortmaydi. Juftlik kundalik uchun qulay: ish, o'qish va sayrga bemalol taqib chiqiladi. Shu tusdagi kulon va uzuk bilan bitta to'plam yig'ish mumkin. Qoplama ehtiyot qilinsa uzoq turadi: ho'l qilmang, taqqan holda uxlamang, hammom va basseynda yeching, matoli xaltachada boshqa buyumlardan alohida saqlang.

