Ziraklar mis metalidan, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Ohang tekis va issiq, keskin yaltiroqsiz. Juftni bir xil qoplamali uzuk va kulon bilan komplekt qilib taqish qulay, shunda uslub yaxlit chiqadi. Ish kiyimi, libos va trikotaj bilan mos. Qoplama saqlanishi uchun ziraklarni pardoz va atirdan keyin taqing, dush va uyqudan oldin yeching, yumshoq matoli xaltachada alohida saqlang.

