Mis asosli ziraklar, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Iliq pushti tus xotirjam va kundalik kiyimlarning aksariyatiga mos tushadi. Ularni klassik kiyimga, svitirga va yozgi libosga taqish mumkin. Kulon yoki uzuk bilan bir tusda taqilsa, ixcham komplekt chiqadi. Qoplama namlik, bug va pardozni yoqtirmaydi. Dush, hovuz va uy yumushlaridan oldin yeching, alohida xaltachada saqlang, taqqandan keyin quruq yumshoq mato bilan arting.

