Mis asosidagi zargarlik qotishmasidan ishlangan ziraklar, ustiga 18 karat sariq tilla yugurtirilgan. Silliq qoplama iliq oltin rangini beradi, ziraklarning o'zi esa yengil, uzoq taqilganda ham quloqni tortmaydi. Ular ish kiyimiga ham, kechki libosga ham mos tushadi. Xuddi shu rangdagi ingichka zanjir yoki uzuk bilan birga taqilsa, ko'rinish yaxlit chiqadi. Taqinchoqni alohida qutida yoki xaltachada saqlang, dush qabul qilishdan, sport va uy yumushlaridan oldin yeching. Yumshoq quruq mato bilan artib turilsa, qoplama uzoq chiroyli qoladi.

