Mis ziraklar, yuzasiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Pushti tus teri rangi bilan yaxshi uygunlashadi va kunduzi ham, kechqurun ham chiroyli yaltiraydi. Bu juftlik kundalik kiyimga ham, bayramona libosga ham yarashadi. Xuddi shu tusdagi uzuk yoki kulon bilan taqsangiz, uslub yaxlit chiqadi. Ziraklarni alohida yumshoq xaltachada saqlang. Dush, sport va uy yumushlari oldidan yeching, atir hamda kremni avval surting, keyin taqing.

