"Aqlli tana tabiati" (Природа разумного тела) va "Yurak va qon tomirlari salomatlik kodi" (Код здоровья сердца и сосудов) kabi bestsellerlar muallifi, o‘z sog‘lig‘idagi og‘ir sinovlarni yengib o‘tgan rossiyalik mashhur amaliyotchi shifokor, tibbiyot fanlari doktori, professor Sergey Bubnovskiy kitobxonlarning ko‘plab savollariga javob beradi.
Ushbu kitobda nafaqat umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi va bo‘g‘imlarning turli kasalliklari, balki siringomiyeliya, tarqoq skleroz, revmatoid artrit, Bexterev kasalligi kabi yondosh xastaliklar haqida ham so‘z boradi. Kitobxon menisk shikastlanishi, Beyker kistasi, podagra, yassi oyoqlik, skolioz, umurtqa pog‘onasidagi operatsiyadan keyingi holat va boshqa ko‘plab xastaliklarda nima qilish kerakligini bilib oladi.
Sergey Mixaylovichning ishonchi komilki, har qanday yoshda va har qanday tashxis bilan salomatlikka bo‘lgan yondashuvni qayta ko‘rib chiqish mumkin va zarur. Bunda Sherlok Xolmsning: "Hayotda mayda-chuyda narsalar bo‘lmaydi..." degan so‘zlarini yodda tutish muhim. Zero, har bir insonning salomatligi ko‘plab omillar va sharoitlardan tashkil topadi, kineziterapiya usuli esa aynan shu jihatlarni hisobga oladi.
🔹 Xususiyatlari:
📚 Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatchaga (korzina) qo‘shing!
To‘liq tavsifni o‘qib chiqing 😊

