Ushbu asar demokratik va avtoritar davlatlar rivojining tarixiy va zamonaviy tendensiyalariga bag‘ishlangan. Xususan, mualliflar XX asr boshlaridagi diktatorlarning siyosiy qiyofasi va XXI asr avtoritar rahbarlarning manipulyativ evrilishini o‘z ilmiy izlanishlarining markaziy mavzusi sifatida tadqiq qilishgan.
Asarda klassik va manipulyativ diktatorlarning boshqaruvda kuch ishlatishga bo‘lgan munosabati, kiyinishi va siyosiy nutki kabi jixatlari o‘zaro qiyoslanishi natijasida olingan xulosalar asosida "modernizasiya kokteyli" nomli yangicha ilmiy qarash ilgari suriladi. Shuningdek, manipulyativ diktaturalar demokratiyalarda zaifliklar keltirib chiqarib va ulardan foydalanmasligi uchun chidamlilik yaratish yuzasidan takliflar beriladi.

