Ushbu kitob umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlari shikastlangan yoki uzoq davom etgan kasallikdan dori-darmonlarsiz va operatsiyalarsiz qutulmoqchi bo‘lganlarga mo‘ljallangan.
Nimadan boshlash kerak? Tabletka va ukol, qo‘ltiqtayoq va cheklovlardan qanday qutulish mumkin? Salomatlik kodingiz kalitlarini qanday tanlash mumkin?
Doktor Bubnovskiy bu savollarga o‘zining ko‘p yillik vrachlik faoliyati va boshidan kechirgan eng og‘ir jarohatlarni davolash natijasida orttirgan shaxsiy tajribasiga asoslanib javob beradi. Sergey Mixaylovich noyob reabilitatsiya tizimini yaratdi, buning natijasida "Parij - Dakar" rallisida umurtqa pog‘onasining kompression sinishidan so‘ng "KamAZ-Master" jamoasining 6 nafar uchuvchisini safga qaytardi.
Bu qanday bo‘lishi mumkin, buning ustiga cho‘l sharoitida?! Professor Bubnovskiy ushbu kitobda reabilitatsiya sirlarini ochib beradi, chunki u jamoa shifokori sifatida ushbu rallining bevosita ishtirokchisi hisoblanadi.
Kitobda jarohatdan keyin tiklanish, beldagi o‘tkir og‘riqlarni yo‘qotish va faol hayot tarziga qaytishga yordam beradigan tavsiyalar va mashqlar keltirilgan.
O‘zingizni, hayotiy quvvatingizni asrang!
Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Betlar soni 153 ta
Kitobingizni yo‘qotmaslik uchun savatga qo‘shing 👇
Bonusga xatcho‘p kiritish
To‘liq tavsifni o‘qing😊

