Agar siz o‘z iste’dod va imkoniyatlaringizni yanada to‘liq ro‘yobga chiqarish mumkin deb hisoblasangiz hamda o‘zingizni — shijoatli, muvaffaqiyatli va haqiqiy shaxs sifatida ochishga tayyor bo‘lsangiz, bu kitob bejiz qo‘lingizga tushmagan. U hayotda ko‘proq narsaga erishishni istaganlar uchun — shunchaki yaxshi, yuqori maoshli va qiziqarli ish topish emas, balki kasbiy faoliyatida o‘zini maksimal darajada namoyon etish, taqdirini o‘z qo‘li bilan qurishni xohlaganlar uchun mo‘ljallangan.
Bizning yordamimiz bilan siz o‘z imkoniyatlaringizni to‘g‘ri baholashni, eng istiqbolli va nufuzli yo‘nalish hamda sohalar bilan tanishishni o‘rganasiz. Ishga kirishda o‘zingizni qanday qilib eng qulay tarzda ko‘rsatish, qanday qilib o‘rnini bosib bo‘lmas mutaxassisga aylanish, ammo bir joyda qotib qolmay, xizmat pog‘onalarida yuqorilab borish haqida bilib olasiz. Shuningdek, hamfikrlar jamoasini to‘g‘ri shakllantirish, jips va samarali kollektiv yaratish, ig‘vogar hamkasblar va qiyin rahbarlar orasida o‘z o‘rningizni saqlab qolish, biznesda o‘z yo‘lini topgan insonlar tajribasidan saboq olish bo‘yicha foydali ma’lumotlar keltirilgan.
Bu kitob o‘zini eng yaxshisiga munosib deb biladigan va hayotida yuqoriga ko‘tarilishga qat’iy qaror qilgan aqlli va jasur insonlar uchun. Karyeristlar, bu kitob siz uchun!

