Hojar Suadning qulog‘iga egilib:
— Xudo haqqi, qara, o‘yin o‘ynayotganda ham ahmoqdek, mulohazasiz. Burnini qashib turadi, – deya ijirg‘anardi. Eri otasining oldida qo‘l qovushtirsa, jahli chiqib: – Gʻururi yo‘q-da… – der, so‘ng katta xo‘jayinga yaxshi ko‘rinish uchun o‘zini shunday tutishini qo‘shib qo‘yib: – Pulim ketmasin deb… Eh singlim, hammasi pul uchun. Otam bilan orasi yaxshi bo‘lishi uchun kaltak yesa ham tirjayishiga aminman… – deydi. Bir bor erini nimagadir undaganida Fotin: “Nima, keyin meni uydan haydasin-da, ko‘chada qolaymi?” – deganini aytib kuyundi.
Darhaqiqat, katta xo‘jayinnnig xohlagan paytida og‘zidan olov purkashiga toqat qilish uchun kishining tili qisiq bo‘lishi kerak.
📖 "Sentyabr. Xazon fasli"
— Mehmet Rauf

