• Tish sezuvchanligini kamaytiradi.
• Tish sezuvchanligi holatlarida og‘iz gigiyenasini ta’minlaydi.
• Tish karashini nazorat qilish orqali kariyes paydo bo‘lishining oldini oladi.
• Milklar sog‘lig‘ini saqlaydi.
• Tarkibida abraziv moddalar yo‘q, shu sababli tish emalini ehtiyotkorlik bilan himoya qiladi va parvarishlaydi.
Kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan ushbu tish pastasi tish sezuvchanligini kamaytirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Sezuvchanlik kundalik hayotda noqulaylik tug‘dirishi mumkin, ayniqsa issiq yoki sovuq ovqat va ichimliklar iste’mol qilganda yoki oqartirish muolajalari vaqtida. Bundan tashqari, og‘riq va noqulaylik sababli tishlarni to‘g‘ri tozalamaslik holatlari kuzatiladi, bu esa og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari xavfini oshiradi.
Ushbu tish pastasi kaliy nitrat va ftor saqlovchi formulasi tufayli tish pulpasidagi nervlarni sezuvchanligini kamaytiradi hamda tish karashini yo‘qotishga yordam beradi, og‘iz gigiyenasini to‘g‘ri saqlash imkonini beradi.
Afzalliklari
✔ Tish sezuvchanligi bilan bog‘liq noqulaylikni kamaytirish uchun maxsus ishlab chiqilgan.
✔ Kaliy nitrat tish pulpasidagi nerv sezuvchanligini tez kamaytirishga yordam beradi.
✔ Ftor tish emalini himoya qiladi va kariyes hamda sezuvchanlikning oldini olishga yordam beradi.

