Hayotdagi muammolar haqida bir o'ylab ko'r: ko'nglingdagi
beqadrlik hissi, o'zingga zarar keltiradigan munosabatlaringdan voz
kecholmasliging, muvaffaqiyatsizliklaring, ayni xatolarga takror-
takror yol qo'yishing, boshqalarga shafqat bilan muomala qilgan
holda o'zingga shafqatsiz bo'lishing, ichingga o'rnashib olgan, hali
ham bosilmagan jahling va hatto qizg'anchiqliklaring-u rashking...
Xo'sh, ularni sen tanladingmi? Yoki, ehtimol oʻtmishda
boshingdan o'tganlar bugun o'zingni shunday his qilishingga sabab
bo'layotgandir.. Uzun gapning qisqasi, o'zingni ayblashni bas qil!
Bu, holatni battar ogirlashtirishdan boshqasiga yaramaydi.
Bu kitob vositasida sen bilan birga o'tmishingning qorongi
yolaklariga qarab sayohatga chiqamiz. Ichida tugilgan oilangdan
tortib boshdan kechirgan ruhiy jarohatlaringgacha bolgan hamma
narsani, xullas bugun mavjud bo'lgan muammolaringning
barchasini yaxshilab organamiz. Shuningdek, bolalik chogingda
olishing kerak bo'lgan mehr-muhabbat va ishonch tuyg'usini
anglamaganingda nimalar yuz berganini, ota-onangning bilib
bilmay qilgan nomaqbul xatti-harakatlari qanday illatlarni keltirib
chiqarganini ko'rasan. Bazan ahamiyatsiz deb hisoblangan kichik
bir jarohatning uzoq vaqt davomida katta zararlar keltirib
chiqarishini anglagan sari yengil torta borasan.
Ushbu kitob senga mo'izalar vada qilmaydi. Chunki hech narsa
mukammal emas. Ammo o'zingni hozirgi ahvolingdan ancha yaxshi
his etasan inshaalloh. Birgalikda yurishni niyat qilgan yo'limizning
maqsadi ham manashu.
Alqissa, ozingga bu imkoniyatni berishing zarur

