Hayotda ba'zan insonni oldinga emas, ortga tortadigan odatlar, munosabatlar va o'ylar bo'ladi. "Seni toliqtirayotgan hamma narsadan voz kech" kitobi ana shunday ruhiy yuklardan xalos bo'lish, o'zini qadrlash va hayotni yangicha nigoh bilan boshlash haqida hikoya qiladi.
Muallif stress, xavotir, ortiqcha mas'uliyat, boshqalarning fikriga qaramlik va o'zini ayblash kabi holatlardan chiqish yo'llarini sodda va tushunarli tarzda bayon etadi. Kitob o'quvchini ichki xotirjamlikni topishga, shaxsiy chegaralarini himoya qilishga va o'z baxti uchun mas'uliyatni o'z qo'liga olishga undaydi.

