Tuyg'ularingdan va harakatlaringdan
shubha qilyapsanmi?
O'zingni ko'pincha aybdor
va nuqsonli his etyapsanmi?
Qabul qilgan qarorlaringdan va voqealarni
tushunish qobiliyatingdan shubhalanyapsanmi?
Munosabatlaringdan mahrum bo'lib
qolishdan qo'rq-yapsanmi?
Mudom uzr so'rayveradigan va qilgan ishlarini,
gapirgan gaplarini izohlashga
tirishaveradigan insonmisan?
O'zingga boʻlgan ishonching borgan sari
kamayib bormoqdami?
Mudom qo'rquv-u andishalar girdobida qoldingmi?
"Men bunday emasdim-ku, nima bo'ldi o'zi menga?"
deb o'ylaganing o'ylaganmi?
O'zingni kuchsiz va yolg'iz his etyapsanmi?
"Voqea joyida faqatgina sen bor eding, hammasiga sen aybdorsan", degan gap
yolg'on. Chunki kimdir seni shunday ekaniga ishontirishga erishgan. Hayoting eng
gullagan, tanang kuchga to'lgan paytlaringda hissiy manipulyatsiya ta'siriga tushib
qolganingni anglolmayapsan ham. Aybdorlarni uzoqdan qidirma. Manipulyatorlar
jinoyat joyida izg'ib yuradigan qotillardek eng yaqiningda yurganlardir. Hatto eng
yaxshi ko'rgan kishilaring boʻlib chiqishlari ham katta ehtimol...
Ushbu kitob
-
ta'siriga tushib qolganing hissiy manipulyatsiyalarni farqlab
olishingga, o'zingni himoya qilishingga va vaziyatni o'z nazoratingga olib, kuchli
tarzda boshqarishingga yordam beradi, seni toliqtirayotgan, zarar berayotgan barcha
muammolaringdan qutulish yo'l-larini o'rgatadi.

