• Nomi: Sen – o‘zingga psixolog
• Muallif: Elena Druma
• Janri: Psixologiya, Shaxsiy rivojlanish, Motivatsiya
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
Ushbu kitobning afzalligi shundaki, unda murakkab nazariyalar emas, balki oddiy, amaliy va hayotga yaqin maslahatlar berilgan. Elena Druma o‘zining tajribasi va millionlab obunachilarining ishonchiga asoslanib, insonni o‘z hayotini nazorat qilishga, o‘zini qadrlashga va psixologik mustaqillikka undaydi. Kitobda stressni kamaytirish, salbiy fikrlardan xalos bo‘lish, motivatsiyani oshirish va yangi imkoniyatlarga ochiq bo‘lishning samarali yo‘llari yoritilgan. Ayollar uchun yozilgan bo‘lsa-da, undagi maslahatlar hayotini o‘zgartirishni istagan barcha uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kitob sizga o‘z hayotingizning psixologi bo‘lib, ichki kuchingizni kashf etishda yordam beradi.

