• Betlar soni - 176
• Nashriyot - Yoshlar
• Muqovasi - Yumshoq
• Qog‘oz formati - A5
• Chop etilgan yili - 2026
"Seni 'jonim' deb sevadigan odamni yo'qotding. Endi senga hech kim bunday nafas bo'lolmaydi..."
Siz butun qalbni berib sevdingiz, lekin oxirida baribir aybdor bo'lib qoldingizmi? 💔
O'zingizni keraksiz, sadoqatingizni esa qadrsiz his qilyapsizmi? Har kuni xayolingizda bir xil savol: "Men qayerda xato qildim?"
To'xtang. Siz xato qilmadingiz. Siz shunchaki noto'g'ri insonga boringizni berdingiz.
Mirach Chag'ri Oqtoshning "Sen 17 yoshimsan" kitobi — bu shunchaki o'qish uchun emas. Bu — o'zingizga bo'lgan hurmatni qaytarish va yuragingizdagi og'riqni tugatish uchun qo'llanma.
👉 Ushbu kitob sizga nimani beradi?
O'tmish zanjiridan uziling. Qadringizni anglash va ichki xotirjamlikka erishish vaqti keldi!
Yosh turk yozuvchilaridan biri Mirach Chag'ri Oqtosh o'zining "Sen o'n yetti yoshimsan" nomli kitobi orqali o'quvchilarini javobsiz va alamli ishq hikoyasi bilan tanishtiradi. Mazkur asar sevgi, ishonch, mehr-oqibat, sadoqat, rashk va oila haqida qisqacha kechinmalardan iborat. Mirach Zumra bilan futbol o'yini chog'ida uchrashib, uni bir ko'rishdayoq sevib qoladi. O'shanda Zumra endigina 17 yoshda edi. Oilaviy hayotidan chuqur psixologik jarohatlar olgan Zumra Mirachning qalbida chuqur va unutilmas iz qoldiradi. Ikkalasi ham bolaligida otalari tomonidan tashlab ketilgani yoshlarning o'zaro munosabatiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Qo'lingizdagi asarda yozuvchining samimiy muhabbati va ko'ngil qo'ygan qizi bilan yo'llari tutashmagani sabablari, tafsilotlari ta'sirchan tarzda hikoya qilingan.



