Bulg‘or qalampiri ochiq maydonlarda ham issiqxonalarda ham yaxshi o‘sadi. Shuning uchun uni ertangi sabzavotlar qatorida yetishtirish mumkin. Bulg‘or qalampirini issiqxonalarda maxsus isitgichlarsiz ham bemalol yetishtirish mumkin. Buning uchun issiqxona 2 qavat plyonka bilan yopiladi. Bu ish fevral oyining oxirlariga to‘g‘ri keladi.
Issiqxonalarga ekish uchun bulg‘or qalampiri ko‘chatlarini yanvar oyidan boshlab, yuqori harorat hosil qilinadigan maxsus issikxonalarga ekiladi. Bu yerda ular kerakli harorat va parvarish bilan tayyorlanib, fevral oxirlarida boshqa joylarga o‘tqaziladi. Bunda ko‘chatlar maxsus selofan
idishlar (stakan)larda o‘stiriladi. Bulg‘or qalampiri ko‘chatlari orasini 30-35 sm dan qilib, qator oralarini yesa, 60-70 sm dan qilib ekiladi. Faqat quyosh nuri orqali isitiladigan issiqxonalarda ko‘chatlar fevral oyida va mart oyining ilk kunlarida ekilganda issiqxona ichiga qo‘shimcha yana bir qavat selofan plyonka yopilishi kerak. Chunki bu davrda havo harorati sovuk bo‘lib, tunda tushadigan qirovlar natijasida ko‘chatlarni sovuk urishi mumkin. Ko‘chatlarni ekishdan oldin issikxona tuprog‘i yaxshilab o‘g‘itlanadi va yumshatilib, ishlanadi. Bunda yerga ammofos, fosfor, ozroq miqdorda kaliy o‘g‘itlarini solish mumkin. Mahalliy o‘g‘itlarning esa yaxshi chiritilganlarinigina solish mumkin. Yangilarini solish mumkin emas, chunki havo harorati ko‘tarilishi bilan, hali chirib ulgurmagan go‘nglar chirishni boshlaydi va tuproqni qizdiradi va natijada o‘simlik ildizini qizdirib, kuydiradi. Buning oqibatida endigina mevaga kirgan nixollar qurib qoladi. Yangi ekilgan ko‘chatlarga xar kuni suv qo‘yib turiladi. Chunki qish paytida egatlab sug‘ormagan maʼqul. Shunda issikxona tuprog‘i quruq bo‘lib, quyoshning yorug‘ida tezda isib ketadi va ko‘chatlar bemalol o‘sa oladi. Ko‘chatlar yerga yaxshi o‘rnashib olgandan so‘ng, yerni o‘g‘itlash va sug‘orish mumkin.
O‘g‘itni ko‘chatga juda yaqin ham, juda uzoq ham solmaslik kerak. Shu bilan birga o‘g‘it egatning sug‘oriladigan tomoniga solinishi shart. Chunki ko‘chatlar xali kichkina bo‘lganligi uchun, egatning bir tomoniga ekilgan bo‘ladi va keyinchalik chopiq qilish jarayonida egat o‘rtasiga olinadi. Agar bu davrda o‘g‘itni egatning kuruq tomoniga solib qo‘yilsa va namlik yaxshi yetib bormaganda yosh nixollar kurib qolishi mumkin. Yeki endigina shonalagan ko‘chatlarning shonalari qurib to‘kilib ketishi mumkin. Bu jarayon o‘g‘itni haddan ortiq miqdorda ko‘p solinganda ham yuz beradi.

