O’simlik o’rta o’lchamli, palagi- uzun. Bargi yuraksimon shaklda, o’rta hajmli. Guli germofrodit,
erkak jinsli. Mevasi ellipssimon shaklda, yirik hajmli. Meva vazni 4,0-6,0 kg. Meva yuzasi silliq, rangi sariq.
Surati- yorqin qizg’ish tusli uzuq-uzuq yollar shaklidagi dog’lar. To’ri to’la, meva yuzasini yoppasiga qoplagan,
o’rta katakli. Po’choq qattiqligi o’rta. Meva eti qalin, oq tusli, kam tolali, karsilaydigan, shirali,
shirin. Quruq modda miqdori - 12,7%, umumiy qand moddasi miqdori - 10,3%. Urug’xonasi o’rta hajmli.
Urug’donlari quruq, urug’xonaning yarimidan ko’p qismini egallagan. Urug’i yirik, nashtarsimon shaklda,
sariq tusli. O’rtapishar nav, maysalar paydo bo’lishidan yetilguniga qadar o’suv davri 85-90 kun. Hosildorligi
30-45 t/ga. Tashishga chidamliligi va saqlanuvchanligi- yaxshi. Maxalliy nav. Toshkent viloyatida
tarqalgan.

