O’simlik o’rta o’lchamli, palagi- uzun. Bargi buyraksimon shaklda, o’rta hajmli. Guli germofrodit,
erkak jinsli. Mevasi ellipssimon shaklda, yirik hajmli. Meva vazni 3,9-5,0 kg. Meva yuzasi silliq, rangi
sarg’ish-yashil. Surati- tor to’q yashil yo’llar. To’ri to’la, meva yuzasini yoppasiga qoplagan, yirik katakli,
o’rta dag’al. Po’choq qattiqligi o’rta, qattiq. Meva eti qalin, och qizg’ish tusli, o’rta tolali, karsillaydigan,
mayin, shirin, shirali. Quruq modda miqdori - 12,9-14,5%, umumiy qand moddasi miqdori - 10,5%.
Urug’xonasi o’rta hajmli. Urug’donlari yarim nam, g’ovaksimon. Urug’i o’rta hajmli, keng uchli tuxumsimon
shaklda, sariq tusli. O’rta tezpishar nav, maysalar paydo bo’lishidan yetilguniga qadar o’suv davri
85-94 kun. Fuzarioz so’lish va un shudring kasalliklariga o’rta darajada chalinadi. Hosildorligi 28-32 t/ga.
Tashishga chidamligi- yaxshi. Saqlanuvchanligi- o’rta. O’ZSPEKITI selektsiyasi navi. Xakimov A.S. tomonidan
yaratilgan. Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida rayonlashgan. Buxoro viloyatida tarqalgan.

