Ushbu hayratlanarli darajada go'zal kitob — pardoz tarixi bilan qiziquvchilarning barchasi uchun ajoyib sovg'adir. Uni taniqli jurnalist va qizil lab bo'yog'ining ashaddiy muhlisi Reychel Felder yozgan. Sizni qizil lab bo'yog'ining tarixiy kontekstdagi biografiyasi, undan foydalangan mashhur ayollar hayotidan faktlar hamda o'zingizning ideal tus va teksturangizni qanday topish bo'yicha maslahatlar kutmoqda. Kitob — haqiqiy ko'z quvonchidir: unda rasmlarning ko'plab reproduksiyalari, noyob fotosuratlar, stilga boy tasvirlar hamda qizil lab bo'yog'ining sehrini, maftunkor kuchi va buzg'unmas qudratini sivilizatsiya paydo bo'lgan davrlardan to bugungi kungacha namoyon etib beradigan kamyob reklama plakatlari jamlangan. Endi har bir ayol qizil lab bo'yog'iga boshqacha nazar bilan qaray oladi.

