Bu safar yosh, ammo aql bovar qilmas darajada daho izquvar Edgar Allan Poga juda yuqori martabali shaxs — shahar gubernatorining o‘zi yordam so‘rab murojaat qiladi! Ish nihoyatda nozik va qaltis xarakterga ega. Amaldorning shaxsiy xati izsiz yo‘qolgan bo‘lib, uning e’lon qilinishi ulkan siyosiy janjalga sabab bo‘lishi va darhol lavozimidan mahrum etilishi mumkin. Ayyor va uddaburon o‘g‘ri jinoyatni ipidan ignasigacha o‘ylab, yosh detektivni deyarli laqillatdi. Biroq Edgar va uning sodiq qanotli sherigi, Neverlend ismli ziyrak qarg‘a qiyinchiliklardan qo‘rqishga odatlanmagan edi. Bu mash’um yolg‘on chigalini yechish va yo‘qolgan narsani topish uchun bosh qahramon o‘zining barcha hayratlanarli deduksiyasini qo‘llashi, jinoyatchi bilan bir xil fikrlashni o‘rganishi va sirli ikkinchi o‘qning sirini ochishi kerak bo‘ladi.

