• Nomi: Sejong Korean 2B — Ish daftari
• Muallif: Sejong Hakdang (Koreya madaniyat markazi)
• Janri: Til o‘rganish, Koreys tili, Mashqlar daftari
• Yosh chegarasi: 14+
• Til: Koreys tili (hangul)
• Format: A4
• Muqova: Yumshoq
Ushbu ish daftari “Sejong Korean 2B” darsligiga moslashtirilgan bo‘lib, o‘quvchilarni koreys tilida erkin gapirish, yozish va tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Har bir bo‘limda mavzuga oid mashqlar, muloqot namunalarini to‘ldirish, so‘z birikmalarini mustahkamlash, grammatika asosida gap tuzish mashqlari mavjud. Shu orqali o‘quvchi nafaqat qoidalarni, balki ularni amalda qo‘llashni ham o‘rganadi.

