• Nomi: Schritte Plus Neu 1 (A1.1)
• Muallif: Hueber Verlag
• Janri: Nemis tili o‘quv qo‘llanmasi, boshlang‘ich daraja (A1.1)
• Yosh chegarasi: 12+ yosh
Ushbu kitob A1.1 darajasi uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, kundalik hayot va ish muhitida kerakli bo‘lgan nemis tili bilimlarini bosqichma-bosqich o‘rgatadi. Har bir bo‘lim muloqot, grammatika va lug‘atga asoslangan. Kitobda mashqlar, tinglab tushunish topshiriqlari va real hayotiy vaziyatlar asosida tuzilgan dialoglar mavjud. Shu bilan birga, kitobga qo‘shimcha multimedia resurslari (AR ilova) orqali darslarni interaktiv tarzda o‘rganish imkoniyati yaratilgan. O‘quv markazlari va mustaqil o‘rganuvchilar uchun mos.

