Masalalar to‘plami oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun matematika fanidan tuzilgan dasturga muvofiq ishlab chiqilgan.
U ikki qismdan iborat: “Arifmetika, algebra, geometriya” (I qism); “Algebra, geometriya (qo‘shimcha masalalar). Tahlil asoslari. Koordinatalar va vektorlar” (II qism).
I qismdagi barcha masalalar murakkablik darajasiga ko‘ra uch guruhga ajratilgan. Har bir bobda ma’lumotnoma xarakteridagi tushuntirishlar hamda masalalarni yechish namunalariga o‘rin berilgan. Barcha masalalarga javoblar keltirilgan.
Qo‘llanma yuqori sinf o‘quvchilari, abituriyentlar hamda matematika o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.

