Biologiya. Mavzulashtirilgan testlar toʻplami. 1-qism
Mualliflar: Akramjon Mamajanov, Mirzohid Mahmudov
TOʻPLAM HAQIDA
Toʻplam Biomentor nazariy qoʻllanmasining 1–2-qism mavzulari boʻyicha tuzilgan 4762 ta test topshirigʻidan iborat. Testlar 18 bob va 109 mavzu tartibida, har mavzu ichida osondan qiyinga qarab joylashtirilgan.
Topshiriqlar bir toʻgʻri javobli, bir nechta javobli, moslashtirish, jadval va rasm asosidagi turlarni qamrab oladi. Har bir testda toʻrtta javob varianti (A, B, C, D) berilgan. Har bir testning toʻgʻri javobi qoʻllanma matni bilan tekshirilgan, javoblar toʻplam oxirida boblar boʻyicha keltirilgan.
Har mavzu oxiridagi QR kod orqali shu mavzu testini onlayn yechish mumkin – natija, toʻgʻri javoblar va qisqa izohlar darhol koʻrsatiladi.
MUNDARIJA (5 boʻlim, 18 bob, 109 mavzu)
I boʻlim. Biologiya – hayot haqidagi fan
• 1-bob. Biologiya fani va tiriklik
II boʻlim. Hujayra va molekulyar biologiya
• 2-bob. Hujayraning kimyoviy tarkibi
• 3-bob. Hujayra tuzilishi
• 4-bob. Moddalar va energiya almashinuvi
• 5-bob. Hujayraning boʻlinishi
III boʻlim. Koʻpayish va individual rivojlanish
• 6-bob. Organizmlarning koʻpayishi
• 7-bob. Ontogenez – individual rivojlanish
IV boʻlim. Irsiyat va oʻzgaruvchanlik
• 8-bob. Irsiyat qonuniyatlari
• 9-bob. Oʻzgaruvchanlik
• 10-bob. Odam genetikasi
• 11-bob. Seleksiya, gen muhandisligi va biotexnologiya
V boʻlim. Organizmlar xilma-xilligi
• 12-bob. Tirik organizmlar sistematikasi
• 13-bob. Oʻsimliklar: tuzilishi
• 14-bob. Oʻsimliklarning hayotiy faoliyati
• 15-bob. Oʻsimliklar sistematikasi
• 16-bob. Hayvonlar sistematikasi: umurtqasizlar
• 17-bob. Hayvonlar sistematikasi: xordalilar
• 18-bob. Hayvonlar organ sistemalari va ularning evolyutsiyasi
KIMLAR UCHUN
Toʻplam Milliy sertifikat, attestatsiya va DTM imtihonlariga tayyorgarlik koʻrayotgan oʻquvchilar, abituriyentlar hamda biologiya oʻqituvchilari uchun moʻljallangan.
TEXNIK MAʼLUMOTLAR
• Format: A4 (210 × 297 mm)
• Sahifalar soni: 345 bet
• Testlar soni: 4762 ta
• Bosma: rangli
• Til: oʻzbek (lotin yozuvi)
• Nashr: 1-nashr, Namangan – 2026
Mavzulashtirilgan testlar toʻplami 2 qismdan iborat: 1-qism – nazariy qoʻllanmaning 1–2-qismlari, 2-qism – 3–4-qismlari mavzulari boʻyicha.

