Gumbaz shaklidagi sayyohlik chodiri tabiatda dam olish, sayohat va kemping uchun keng va ishonchli variant hisoblanadi. Chodir suv o‘tkazmaydigan mustahkam matodan tayyorlangan bo‘lib, yomg‘ir, shamol va quyoshdan himoya qiladi.
Gumbaz konstruktsiyasi shamolda ham barqaror turishini ta’minlaydi. Karkasi egiluvchan yoylardan iborat bo‘lib, tez va oson o‘rnatiladi.
Chodir kirish qismi fermuar bilan yopiladi, shuningdek, ichkarida havo aylanishi uchun shamollatish oynalari mavjud. 4 kishigacha bemalol joylashish mumkin.
Oilaviy dam olish, baliq ovlash va sayohatlar uchun juda mos.

