Har bir moʻmin-musulmon uchun eng oliy oʻrnak Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdir. U Zotga chin muhabbat esa faqatgina daʼvo bilan emas, balki u Zotni tanish, bilish va anglash bilan kamol topadi. Qoʻlingizdagi ushbu kitob, aynan shu maʼnaviy yoʻlda ishonchli yoʻldosh boʻlishni maqsad qilgan.
Asarda Paygʻambarimiz alayhissalomning tashqi koʻrinishlari, ulugʻ axloqlari, hayot tarzi, odamlar bilan muomalasi va har bir ishga yondashuvlari sahobalar rivoyati va ishonchli manbalar asosida batafsil yoritilgan. Kitobni mutolaa qilgan sari oʻquvchi qalbida Rosululloh alayhissalomning siyrati jonlanadi, u Zotga boʻlgan muhabbat va ergashish istagi tobora ziyoda boʻladi.

