• Mahsulot turi: sayroqi qushlar uchun qafas (kanareyka, sa'va, amadin va boshqalar)
• Yasalishi: qo‘l mehnati
• Dizayn: mualliflik loyihasi
• Uslub: marokashcha
• Material: tabiiy yong‘oq yog’ochidan
• O‘lchamlari: 30 × 30 × 18 sm
• Og‘irligi: 1,44 kg
• Brend: Smart Pets
• Mamlakat: O‘zbekiston
• Smart Pets — qushlarga mehribonlik va haqiqiy san’at uchrashadigan makon!
Sayroqi qushlar uchun mo‘ljallangan marokashcha naqshli dekorativ qafas — bu qushlar parvarishini har kuni estetik zavqqa aylantiruvchi haqiqiy san’at asaridir! 💜
Tasavvur qiling: oldingizda olijanob yong‘oq yog‘ochining maftunkor, jozibali tolalarining tabiiy naqshi, nafis marokashcha o‘ymakorlik va mukammal qo‘l mehnati.
Har bir yong‘oq yog‘ochining tuzilishi noyobdir — yong‘oq tolalarining tabiiy naqshi, ranglar o‘tishlari va teksturasi takrorlanmasdir va har bir qafasda bir-biridan butunlay farq qiladi. Aynan shuning uchun ham sizning qafasingiz haqiqatdan ham yagona va betakror bo‘ladi.
Har bir qafasimiz konveyerda emas, balki SMART PETS ustalarining qo‘llarida yuksak mehr va har bir detalga alohida e’tibor bilan dunyoga keladi.
Bu shunchaki oddiy qafas emas. Bu — sizning xonadoningizga shohona hashamat va sharqona joziba olib keluvchi nufuzli (statusli) san’at mahsulotidir. U stol ustiga qo’yilgan holatda ham, devorga osilgan holatda ham birdek ajoyib ko‘rinadi. Chunki, to‘liq o‘ymakor naqshli tub qismi istalgan rakursdan har qanday insonni o’ziga sehrlab qo’yadi.
Nega bu qafasni qo’l mehnatini qadrlovchi qush ixlosmandlari va haqiqiy san’at shinavandalari tanlashmoqda?
✅ Yong‘oq yog’ochining nafisligi — nihoyatda mustahkam yog‘och bo‘lib, uning go’zal tolalaridan iborat tabiiy va olijanob naqshlarini takrorlab bo‘lmaydi.
✅ Marokashcha qalb — nafis va sharqona ornamentlar (naqshlar) qafasni xonadoningiz interyerining markaziy bezagiga aylantiradi.
✅ Sehrli detallar — ozuqa idishi eshikchasining yashirin mexanizmi va to‘liq o‘ymakor naqshli tub qismi mukammal uyg‘unlik hissini uyg’otadi.
✅ Premium himoya — namlikka mislsiz darajada chidamli, ko‘p qatlamli, premium lak-qoplama yog‘ochni uzoq yillar davomida himoya qiladi va uning tabiiy go‘zalligi jilvadorligini ko’rsatib beradi.
✅ Mukammal qulaylik — shaffof tortma (poddon) qushni bezovta qilmagan holatda, tozalikni saqlashni osonlashtiradi.
Kanareykalar, sa'valar, amadinlar va boshqa mayda sayroqi qushlar uchun maxsus yasalgan ushbu qafas ularga qulaylik va xavfsizlik, sizga esa — har kuni chinakam estetik zavq bag‘ishlaydi.
Kimlar uchun ideal tanlov?
📌 Haqiqiy hunarmandchilik mahorati va qo‘l mehnati go‘zalligini qadrlaydigan qush ixlosmandlari uchun
📌 Faxr va hayrat uyg‘otuvchi buyumlar bilan xonadonini to’ldirishni istaydigan insonlar uchun.
Texnik xususiyatlari:
💠 Mahsulot turi: sayroqi qushlar uchun qafas (kanareyka, sa'va, amadin va boshqalar)
💠 Ishlanishi: qo‘l mehnati
💠 Dizayn: mualliflik loyihasi
💠 Uslub: marokashcha
💠 Material: tabiiy yong‘oq yog’ochidan
💠 O‘lchamlari: 30 × 30 × 18 sm
💠 Og‘irligi: 1,44 kg
💠 Jamlanma (komplektatsiya): qafas, shaffof tortma tub, metalli osma ilgak
💠 Brend: Smart Pets
💠 Mamlakat: O‘zbekiston
O‘zingizga va qanotli do‘stlaringizga shohona hashamat hamda sharqona joziba ertakdan bir parcha hadya qiling! 👑









Smart Pets — qushlarga mehribonlik va haqiqiy san’at uchrashadigan makon!

