«Sayohatchi pingvincha» — Muhabbat Yo‘ldoshevaning bolalar uchun yozilgan ertaklar to‘plami. Asarda kichik pingvinchaning sarguzashtlari, tabiat va hayvonot olami bilan bog‘liq voqealar hikoya qilinadi. Ertaklar bolalarni odob-axloqqa, mehr-oqibatga va atrof-muhitni asrab-avaylashga o‘rgatadi. Kitob qiziqarli voqealar bilan birga tabiat hodisalari va tirik mavjudotlar haqida bolalarga tushunarli ma’lumotlar beradi.

