Kitob sotuv tamoyillari, ishontirish va odamlarga ta’sir o‘tkazish ko‘nikmalariga bag‘ishlangan bo‘lib, muallif ularni nafaqat kasbiy, balki kundalik hayot uchun ham zarur deb hisoblaydi. Grant Kardon mijozning ehtiyojlarini qanday tushunish, uning muammosiga yechim taklif qilish, rad etishlar sonini kamaytirish va savdoda yaxshiroq natijalarga erishishni ko‘rsatadi.
Muallif, shuningdek, iqtisodiy pasayish sharoitida ishlash, savdo psixologiyasi, qat’iyatlilik va barqarorlik hamda bitimlarni ishonchli yakunlash usullarini ko‘rib chiqadi. Amaliy tavsiyalar Kardonning savdo va biznes sohasidagi ko‘p yillik tajribasiga asoslangan.

