Savage Gear SG2 FD 2500 g‘altagi mustahkam, engil va korroziyaga chidamli grafit kompozit materialdan tayyorlangan. Bu model arzon narxdagi, biroq uzoq xizmat muddatiga ega spinnig g‘altak bo‘lib, o‘z narx toifasida kutilmagan darajadagi texnologik yechimlarni taklif etadi.
G‘altakda Dura Grease nomli patentlangan moy ishlatilgan bo‘lib, u ichki qismlarni korroziya va yeyilishdan himoya qiladi. Shuningdek, qulay T-shaklidagi ip ushlagich, yumshoq knopli quyma alyuminiy tutqich, zaxira grafit shpula kabi qulayliklar bilan jihozlangan.
SG2 turkumidagi g‘altaklar turli o‘lchamlarda (1000 dan 4000 gacha) va ikki xil uzatish nisbatida mavjud. Ammo aynan SG2 FD 2500 — funksiyalar va narx jihatidan eng optimal tanlovlardan biridir. Bu boshlang‘ich darajadagi baliqchilar uchun ajoyib variant bo‘lib, undagi texnik imkoniyatlar ko‘pchilik yuqori toifadagi g‘altaklar bilan bemalol raqobat qila oladi.

