Sasha Bazarek fizika va turli tajribalarni juda yaxshi ko‘radi. U sinfdagi eng a'lochi o‘quvchi, hatto uning o‘z muxlislari ham bor. Sasha Jan ismli qizni yashirincha sevadi, ammo u bilan hatto salomlashishga ham jur'at eta olmaydi. Tug‘ilgan kunida Sasha hammadan ko‘proq kalamush sovg‘a qilishlarini orzu qilgan edi. Biroq onasi unga chihuahua kuchugini sovg‘a qiladi. Eng achinarlisi, kuchuk birorta ham buyruqni bajara olmaydi. Hafsalasi pir bo‘lgan Sasha uni onasining sevimli aktyori sharafiga Tomkruz deb ataydi. Bir kuni ertalab Sasha itni otasining ish xonasida topadi. Tomkruzning butun tanasi g‘alati, yorqin nur sochuvchi surtmaga belangan edi. Ana shu voqeadan keyin ular bilan aql bovar qilmas hodisalar yuz bera boshlaydi: xuddi sehrgarlar kabi makon va vaqt chegaralarini yengib o‘tib, kutilmagan joylar va turli tarixiy davrlarga tushib qolishadi. Oldinda esa ularni xavfli sarguzashtlar, qiziqarli uchrashuvlar va hayratlanarli kashfiyotlar kutmoqda.

