Razorline 6.5" — bu asosan Barberlar (erkaklar ustalari) uchun mo‘ljallangan kuchli va uzun qaychidir. U katta hajmdagi sochlarni tez va oson olish uchun eng zo‘r tanlov.
1. Texnik Xususiyatlar:
- O‘lchami: 6.5 dyuym (taxminan 16.5–17 sm). Bu standart qaychilardan ancha uzun.
- Material: Mustahkam 440C yapon po‘lati. Uzun tig‘larning qiyshayib qolmasligi uchun qattiqligi yuqori darajada (59-61 HRC).
- Kuch: Kaldish (richag) kuchi katta bo‘lgani uchun qalin, qattiq va bo‘ysunmas sochlarni qiynalmasdan kesadi.
- Tig‘ turi: Konveks (Convex) charxlash. Tig‘ o‘tkir va uzun bo‘lgani uchun kesim silliq chiqadi.
2. Ishlatilish sohalari:
- Professional "Tushevka": 6.5 o‘lcham katta taroq (planka) ustida ishlash uchun "qirol" hisoblanadi. U taroq yuzasini to‘liq qoplaydi, bu esa "perexod" (o‘tish)larni ideal darajada tekis va tez chiqarishga yordam beradi.
- Katta massani olish: Soch juda qalin yoki uzun bo‘lsa, bu qaychi oddiy 5.5 qaychiga qaraganda ishni 2 barobar tezroq bitiradi.
- Soqol tekislash: Uzun tig‘lar soqol formasini (geometriyasini) tekis chiqarishda juda qo‘l keladi.
3. Kimlarga mos keladi?
- Faqat erkaklar sochlari bilan ishlaydigan Barberlarga.
- Qo‘li (panjasi) katta bo‘lgan ustalarga.
- Ayollar sochini kesishda bu o‘lcham biroz noqulaylik tug‘dirishi mumkin (juda katta va og‘ir).