"Kapitalist" - amerikalik yozuvchi Teodor Drayzerning eng mashhur romanlaridan biri. Adibning "Istak trilogiyasi"dan o‘rin olgan bu asari 1912-yilda nashr etilgan. Syujet amerikalik temir yo‘l magnati va millioner Charlz Erks hayotiga asoslangan. Kitobda tadbirkorning qanday fikrlashi, miyasiga qanday fikrlar kelishi va muammolarga qanday yechim topishi aniq bir shaxs misolida tasvirlangan. Bu asar tadbirkorning haqiqiy xarakteridan dalolat beradi.

