• 240 bet
• Ziyo nashr nashriyoti - 2023
O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi X.To‘xtaboyevning asarlari nafaqat respublikamizda, balki chet ellarda ham maʼlum va mashhurdir. "Sariq devni minib" sarguzasht romani bolalar hayotidan olib yozilgan bo‘lib, ularning sevimli kitoblaridan hisoblanadi. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo‘l halol mehnat, yaxshi xulq-odob va qunt bilan o‘qishda ekanligi taʼkidlanadi.
“Sariq devni minib” sarguzasht romanining ikkinchi qismi - “Sariq devning o‘limi”da asar qahramoni Hoshimjon hayotida mas’uliyatli davr boshlanadi. Tabiatan ziyrak, fahm-farosatli Hoshimjon katta bir operatsiyada qatnashib, uning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi. Voqealar rivoji bilan esa asarni mutolaa qilish davomida tanishasiz.

