Tabiat fanlarini tarixiy fanlar bilan uyg‘unlashtirgan doktor Yuval Harari ko‘plab qabul qilingan g‘oyalarni shubha ostiga qo‘yadi, o‘tmishdagi voqealar va bizning hozirgi tashvishlarimiz o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlaydi va alohida voqealarni global kontekstga joylashtiradi. Rivojlanayotgan insoniyat global ekotizimga qanday ta'sir qilganini kuzatish va imperiyalar taqdirini o'rganish orqali doktor Harari kelajakka qaraydi. So'nggi bir necha o'n yilliklar davomida biz 4 milliard yil davomida hayotni boshqargan tabiiy tanlanish qonunini o'zgartirishni o'rgandik va birinchi marta nafaqat atrofimizdagi dunyoni, balki o'zimizni ham qayta yaratish qobiliyatiga egamiz. Biz kim bo'lishni xohlaymiz va bu bizni qayerga olib boradi?

