• Nomi: Sapiens: Insoniyatning qisqa tarixi
• Muallif: Yuval Noy Xarari
• Janri: Tarix, Ilmiy-ommabop, Falsafa
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
Yuval Noy Xarari ushbu kitobida insoniyat tarixiga keng qamrovli nazar tashlaydi. U Homo sapiensning boshqa inson turlari ustidan qanday ustunlikka erishganini, dehqonchilik inqilobi, imperiyalar davri va ilm-fan yutuqlari bizni qanday shakllantirganini o‘rganadi. Asarda insoniyatni birlashtirgan afsonalar, din, pul va qonun kabi tushunchalarning kuchi tahlil qilinadi. Kitob oddiy tarixiy ma’lumot emas, balki hozirgi kunda bizni qanday muammolar kutayotgani haqida ham o‘ylashga undaydi. “Sapiens” keng kitobxonlar auditoriyasiga mo‘ljallangan va insoniyat tarixi haqida yangi qarash beradi.

