• 🔤 Alifbosi: o‘zbek kirill
• 📏 O‘lchami: 21×26 sm
• 📕 Muqovasi: qattiq
• 📝 Sahifalar soni: 968 bet
Ahmad Lutfiy Qozonchi — zamonaviy turk yozuvchisi, tarixchi va olimdir.
Sizning e’tiboringizga havola etilayotgan "Saodat asri qissalari" asari aslida olti jildlik mehnat mahsuli bo‘lib, unda dinimiz tarixidagi buyuk voqealar, xususan, Payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V)ning tug‘ilishlaridan to vafotlarigacha bo‘lgan muborak hayotlari hikoya qilinadi.
Ushbu mavzudagi boshqa asarlardan farqi shundaki, muallif aniq tarixiy voqealarni ishonchli manbalar — hadislar to‘plami va siyratlar asosida, o‘ziga xos badiiy uslubda taqdim etgan. Buning natijasida asar juda o‘qishli va ta’sirli chiqqan.
Ushbu asar o‘zbek kitobxonlariga ko‘p yillardan buyon ma’lum bo‘lib, shu vaqtgacha bir necha bor qayta nashr etilgan. InshaAlloh, ushbu nashr ham sizga manzur bo‘ladi deb umid qilamiz.

