Kelajak ko‘z oldimizda uzoqlarga eltuvchi yo‘l - amalga oshmagan niyatlarimiz va ushalmagan orzularimiz yo‘li kabi yastanib yotibdi.
Barcha orzularingizni ro‘yobga chiqarish uchun, albatta, pul masalasida muvaffaqiyatga erishishingiz kerak.
Ushbu kitobda taklif etilgan moliyaviy tamoyillar yordamida siz o‘z hayotingizni yanada mazmunli va baxtli qilishingiz mumkin, bu esa faqat hamyoningiz to‘la bo‘lgan taqdirdagina mumkin.
Bu moliyaviy tamoyillar universal va o‘zgarmasdir. Ular boshqa ko‘plab odamlar kabi o‘z kuchini isbotlab, barqaror moliyaviy taraqqiyot va farovonlikning kaliti bo‘lib xizmat qiladi.

