Samsung 25W GaN Power Adapter (2025-yilgi versiya) — zamonaviy GaN texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan ixcham va samarali zaryadlovchi qurilma. U yuqori quvvat, qulay foydalanish va zamonaviy dizaynni o‘zida mujassam etgan.
Ushbu adapter 25W gacha quvvat bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Supr Fast Charging texnologiyasi yordamida mos keluvchi smartfon va boshqa elektron qurilmalarni tez va barqaror quvvatlantirish imkonini beradi.
USB Power Delivery 3.0 va PPS texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlashi mos qurilmalarda zaryadlash jarayonini samarali boshqarishga yordam beradi.
GaN texnologiyasi zaryadlovchi qurilmalarning ixcham va samarali bo‘lishiga xizmat qiladi. Adapter kichik o‘lchamlari tufayli kundalik foydalanish, ish, o‘qish va sayohatlar uchun qulay.
Uni sumka yoki ryukzakda bemalol olib yurish mumkin.
Qurilma bitta USB Type-C chiqish porti bilan jihozlangan. Ushbu port zamonaviy USB-C orqali quvvatlanadigan qurilmalar bilan foydalanish imkonini beradi.
Quyidagi qurilmalar bilan mos keladi:
Eslatma: USB Type-C kabel komplektga kiritilmagan.
Samsung 25W GaN — tezkor zaryadlash, zamonaviy texnologiya va ixcham dizaynning uyg‘unligi!
6 OYLIK HAQIQIY KAFOLAT!

