Turk adibi Ahmet Batmanning ushbu asari sevgi-muhabbat, insoniy munosabatlar va qalb kechinmalariga bag‘ishlangan. Asarda o‘z yorini izlayotgan va o‘z baxt qo‘rg‘onini yaratishga intilayotgan insonlarning kechinmalari tasvirlanadi. Kitobda tasodifiy uchrashuvlar, ishqiy kechinmalar, bolalik xotiralari, qalb iztiroblari va ijodiy mulohazalardan parchalar mahorat bilan bayon etilgan.

