Ish unumdorligingiz pasaydimi? Faoliyatingiz
endi qiziqarli tuyulmayaptimi? O'zingizni ortiq
ishlashga quvvatingiz qolmagandek his
etyapsizmi? Demak, ishdagi ortiqcha bosim
asablaringizni charchatgan. Og'ir vaziyatni
yumshatishning oson yechimi - shunchaki, ozroq
dam olish, imkoni bo'lsa, kichik safar bilan havo
almashtirish.
Xo'sh, bunday tushkunlik qayta ro'y
bermasligi uchun nima qilish lozim? Qanday qilib
mashg'ulotga yoqimli tus berib, samaradorlikni
oshirish mumkin? Faoliyatingizga kamroq jiddiylik
va ko'proq samimiyat bilan yondashishingiz imkoni
bormi?
Qo'lingizdagi kitob aynan shu xildagi
muammolarga yechim topishda yaxshi qo'llanma
bo'la oladi. Mutolaa jarayonida unumdorlikni
oshirishga yordam beruvchi turli tajribalar bilan
tanishasiz. Unutmang! Bugungi tanlovingiz ertangi
natijangizni belgilab beradi. Shunday ekan, siz eng
yaxshi tavsiyalarga e'tibor qaratmog'ingiz lozim.
Umid qilamizki, asar faoliyatingizni yaxshiroq
yo'lga qo'yib olishingizda yo'lchi yulduz sifatida
xizmat qila oladi!

