Qo‘lingizdagi «Saltanat bog‘idan 100 g‘uncha» nomli kitob nodir rivoyatlar, ibratli voqea va nasihatlar to‘plamidir. Muallif ushbu ibratli voqealarni o‘zi o‘qigan, eshitgan minglab adabiy va hikmatli asarlardan jamlagan.
Kitobda keltirilgan ma’lumotlar o‘quvchiga ish yuritish, ulug‘ shaxslar oldida o‘zini qanday tutish va ularga qanday muomala qilish, mushkul vaziyatlardan go‘zal uslubda chiqish bo‘yicha o‘rnak ko‘rsatadi. Shu jihatdan, asar millat farzandlarining yetuk shaxslar bo‘lib yetishishida, kuchli, mard inson bo‘lib tarbiyalanishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

