Salohiddin Ayyubiy tarix sahifalarida nafaqat buyuk sarkarda, balki yuksak axloq va adolat sohibi sifatida muhrlangan shaxsdir. Yavuz Bahodiroʻgʻlining ushbu romani quruq tarixiy maʼlumotlardan iborat emas. Unda Sharq va Gʻarb olamini birdek hayratga solgan sultonning naqadar kamtarin hayot kechirgani, oʻz tanlagan yoʻliga sodiqligi va insoniy fazilatlari badiiy boʻyoqlarda mahorat bilan tasvirlangan.
Asar mutolaasi davomida hatto dushmanlari ham hurmat bilan tilga olgan buyuk shaxsiyatning ichki dunyosiga safar qilasiz. Turk tilida 80 martadan ortiq qayta nashr qilingan ushbu asar oʻtmishning buyuk darslarini bugungi kun oʻquvchisi uchun tushunarli va jonli tilda hikoya qiladi.

