• Nashriyot-Pir Nashr
• Sahifalar soni-144
• Muqova turi-yumshoq muqova
• Qog'oz turi-Oq, yuqori sifatli (Ofset)
• Til-O'zbek tili
• Mavzu: Sustkashlikni yengish va insonning o‘z maqsadlari sari harakat qilish muammosi.
• Muallif: Saymon Mey
Biz ongli ravishda o‘zimizga zarar yetkazamiz, lekin o‘zimizni to‘xtata olmaymiz. Ba’zida biz orzularga berilib, o‘zimizni asosiy maqsadga erishish uchun har doim vaqt topilgandek tutamiz. Ba’zan o‘ylagan ishimizni keyinga qoldirsak, keyinroq bajarishimiz osonroq bo‘ladigandek tuyuladi. Shunday ham bo‘ladiki, orzuga yaqinlashishga intilib, o‘zimizda yana harakat qilish istagini uyg‘otish uchun ruhimizga ozgina bo‘lsa ham dam berishni xohlaymiz.
Ammo buning zamirida bir taskin beruvchi haqiqat bor - biz dangasa emasmiz. Faoliyatsizlikdan, vaqtni behuda sarflaganimizdan afsuslanishimiz, o‘zimiz uchun eng aziz bo‘lgan maqsadlarga qayta-qayta murojaat qilishimiz, bir ishni keyinga qoldirib, boshqa - foydaliroq yoki hech bo‘lmaganda yoqimliroq mashg‘ulot izlashimiz - bularning barchasi shuni ko‘rsatadiki, muammo aslo bekorchilikda emas. Aksincha, gap shundaki, biz o‘z intilishimizni o‘zimiz jilovlaymiz. Zero, insonga o‘zi eng ko‘p qadrlaydigan va eng ko‘p intiladigan narsalardan uzoq bo‘lish xosdir.

